REKTOR SOATI VA CHORSHANBA SUHBATLARI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Rektor soati va chorshanba suhbatlari” tashkil etildi.
DOKTORANTLAR FAOLIYATI MONITORING QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, tizimda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda OTM izlanuvchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilangan.
ZARAFSHON GAZETASI TAHRIRIYATIGA TASHRIF
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekanatining tyutorlari tashabbusi bilan birinchi bosqich talaba yoshlari shahrimizda joylashgan “Zarafshon” gazetasi tahririyatida mehmon bo‘ldilar.
YEVROPA ITTIFOQI VA ERASMUS+ DASTURI XALQARO EKSPERTLARINING TASHRIFI
2023-yil 15-16 sentabr kunlari Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarining Samarqand oliy ta’lim muassasalari kesimida klaster uchrashuvi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
OSIYO UNIVERSITETLARI ASSOTSIATSIYASIGA KIRUVCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINING KENGASHI O‘TKAZILDI
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Osiyo universitetlari assotsiatsiyasiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining kengashi o‘tkazildi.
PSIXOLOGIK SAMIMIY SUHBAT
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida, psixolog Sardor Otayorov “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetida birinchi bosqichga qabul qilingan talaba yoshlarni psxiologik xizmat turlari bilan tanishtirish maqsadida “Samiymiy suhbat” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nazarbek Axmedov, tyutorlar Surayyo Januzakova, Zoyir Umirzakov hamda fakultetning iqtidorli talabalari Lazizbek Turdibekov, Ibrohim Normurodov, Sevinch Omonovalar tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talaba yoshlar orasidan o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
INTELLEKTUAL MULKNI HIMOYA QILISH VA ILMIY ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son qaroriga asosan, konsultatsion ko‘mak va seminar-trening o‘tkazish maqsadida Jahon bankining “MUNIS” loyihasini amalga oshirish ishchi guruhi a’zolari va xorijiy ekspert-maslahatchilari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari tomonidan “Intellektual mulkni himoya qilish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tadqiqotchi olimlar hamda patent mualliflari uchun seminar-trening o‘tkazdilar.
YANGI O‘QUV YILI KUTUBXONADAN BOSHLANDI
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.
TALABGOR O‘QITUVCHILAR SARALANMOQDA
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetining “Arxitektura” kafedrasida dars berish istagida bo‘lgan talabgor o‘qituvchilar maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan saralandilar.
OWEEK: “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida birinchi bosqich talabalari uchun “Orientation weeki” tanishtiruv haftaligi doirasida SamDAQU “Zakovat” intellektual klubining 2023/2024-o‘quv yilida ilk tanishtiruv o‘yini o‘tkazildi.
OWEEK: “KNAUF”DAN MAHORAT DARSI
Hozirgi kunda ”KNAUF” SamDAQU maslahat markazining faoliyatini davomiyligini oshirish maqsadida universitet rektori Chidem Turkyilmaz va “KNAUF” axborot-maslahat markazi rahbari Atayev Sanjar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi imzolangan.
“MNEMONIKA” VA “IT” KLUBLARI TAQDIMOTI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Talaba klublari” yo‘nalishlaridan “Mnemonika” va “IT club” klublari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TALABA KLUBLARI O‘Z ISH FAOLIYATINI BOSHLADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori va shu qarorning 2-ilovasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2022-yil 26-dekabrdagi “Talabalar klublari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 378-u-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.
MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI
2023-yil 7-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida to‘rtinchi bosqich “Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
TANISHUV: OQOVA SUVLARNI TOZALASH INSHOOTI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi tomonidan “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Atrof muhit muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi birinchi bosqich talabalariga “Samarqand suv ta’minoti” MCHJga qarashli Oqova suvlarni tozalash inshootida soha bilan tanishtiruv darslari olib borildi.
SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti faollar zalida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Shoira va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
OWEEK: “INKUBATSIYA” MARKAZI KURSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori 10-bandiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida tashkil etilgan ushbu markazni jihozlanishi va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Samarqand viloyati hokimligi yordamida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 971 million so‘m yo‘naltirildi.
“START UP” VA “COWORKING” MARKAZLARI
“Start Up”ni inglizchadan soʻzma-soʻz tarjima qilganda “jarayonning boshlanishi”ni bildiradi.
OWEEK: “MASTER PLAN” MARKAZI
Master plan bu — turli manfaatdor davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan uzoq muddatli dinamik, alohida shaharsozlik komponentini o‘z ichiga olgan rejalashtirish hujjati bo‘lib, loyihani ishlab chiqish va o‘sish uchun kontseptual asosni ta’minlaydi.
ERASMUS+: DSINGIS LOYIHALAR MARKAZI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi “Inkubatsiya markazi”da Qurilish fakultetining “Geomatika muhandisligi” kafedrasining birinchi bosqichga qabul qilingan talabalariga “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida, kafedraning o‘qituvchilari Vohidjon Niyozov, Ulug‘bek Raximov va G‘iyos Azzamovlar tomonidan kafedra qoshidagi Erasmus+ dasturining “DSinGIS” loyihalar markazida talabalarga markazning ish faoliyati hamda moddiy texnika ba’zasidan foydalangan holda sohaga oid ilmiy ishlanmalarni yaratish, ishlarni olib borish jarayonlari haqida dastlabki tushunchalar berildi.
“INKUBATSIYA” MARKAZINING ASOSIY MAQSADI VA FAOLIYAT YO‘NALISHLARI
Markazning asosiy maqsadi — Ilmiy va innovatsion loyiha va ishlanmalarni, “Start Up” g‘oyalarni tijoratlashtirish va xo‘jalik shartnomalari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar evaziga foyda olish hisoblanadi.
OWEEK: MARKAZ FAOLIYATI VA DAVLAT STIPENDIYALARI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida tashkil etilgan “Inkubatsiya markazi”da ham “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida belgilangan rejaga muvofiq qator tadbirlar olib borildi.
OWEEK: “INKUBATSIYA MARKAZI” BILAN TANISHUV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qarori 10-bandiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida “Inkubatsiya markazi” tashkil etildi.
KREDIT-MODUL TIZIMI TUSHUNCHASI
Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash, talabalar bilimini reyting asosida baholash.
HEMIS AXBOROT TIZIMI: ASOSIY TUSHUNCHALAR
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining birinchi bosqich talabalariga “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida fakultet dekanati tomonidan Hemis axborot tizimi to‘g‘risida asosiy tushunchalar berib o‘tildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bugun kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi barcha bosqich talabalarining 2023/2024-yilgi o‘quv jarayonlari start oldi.
Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori qo‘shma ta’lim dasturi talabalarini Belarus Milliy texnika universitetiga joylashtirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetining “Mexanika muhandisligi” kafedrasi va “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining professor-o‘qituvchilari va bir guruh talabalari bilan birgalikda bir haftalik dastur davomida Samarqand shahrining mavsumiy yog‘ingarchilik davrida suv toshish muammosi va uning yechimlari, Respublikada gaz sanoatini rivojlantirish, iste’molchilarni uzluksiz va betalofat gaz bilan ta’minlashda gaz tarmoqlarining roli, undagi muammolar va ularning yechimlari (Samarqand shahri misolida) mavzulari xususida amaliy ishlar olib bordilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiri to‘g‘risida”gi PQ-416-son (https://lex.uz/uz/docs/-6277864) qarori 2-ilovasi 6-bandiga asosan universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish “Yozgi maktablar”ni tashkil etish masalalari belgilangan.
Yozgi maktab davomida Qurilish fakulteti, “Mexanika muhandisligi” kafedrasi mudiri v.v.b. Zafar Fayziyev hamda kafedra katta o‘qituvchisi Shavkat Usmonov tomonidan xorijlik professor o‘qituvchilar va talabalar uchun “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialiga tashrif uyushtirildi.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov xizmat safari bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrifi
Talabgor Fayziyev Zafar Xaydarovichning “Faol elementli o’z-o’zini drenaj qiladigan gelioqurilmalarning gidrodinamik rejimlarini takomillashtirish” mavzusidagi 05.09.03 – Issiqlik ta’minoti
Annotatsiyani topshirishning oxirgi muddati: 01 sentyabr 2023-yil Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2023-yil 15-sentabr To’liq matnlarni topshirish muddati: 2023-yil 1-oktabr
O.B.Xaitov, N.X.Ibragimov va F.U.Djumaqulovlarning doktorlik (PhD) dissertasiyasi muhokamasiga taklif etamiz.
Joriy yilning 18-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida PhD 26/26.01.2023.A.109.05-raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar majlisida arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyalari muhokamasiga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qarori 2-ilovasi 5.2-bandi ijrosini ta’minlash va professor-o‘qituvchlarida nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayoniga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Madaniy meros obyektlarini asrash” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va “Madaniy meros obyektlarini asrash va foydalanish” magistratura mutaxassisligi professor-o‘qituvchlari uchun 7-avgustdan 30-avgustga qadar “Workshop” tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida rektor Chidem Turkyilmaz raisligida tashkiliy tuzilmaga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillshtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PQ-416-sonli qarorining 10-bandi, 2-qismi (talabalar uchun yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish) ijrosini taʼminlash maqsadida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori Murodjon Xodjabekov, “Qurilishni boshqarish” fakulteti dekani Mas’ud Eshmurodov va “Marketing xizmatlari” bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarovlar talabalarning amaliyot joylariga borib tashkilotlar rahbarlari va talabalar bilan suhbatda bo‘ldilar va talabalarning amaliyot o‘tash jarayonlari o‘rgandilar.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 60210400 - “Dizayn: Interyer va landshaft dizayni” (bakalavriat, kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar guruhlar kesimida taqsimoti.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 60210400 - “Dizayn: Interyer va landshaft dizayni” (bakalavriat, kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali tasdiqlandi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 3000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy standartlarga mos o‘quv bino qurilmoqda. Ayni kunlarda binoning o‘rta va o‘ng qanoti deyarli qad rostlagan. Hozirda 2-qavat beton quyish ishlariga tayyorlanmoqda.
Ilgari xabar berganimizdek 17-iyulidan 11-avgustiga qadar Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun Dizayn studiyalarida tajribalar “Workshop” tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunlarda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli kengash qoshidagi bir martalik Alimov Mirzoxid Abdumalikovichning 13.00.02 - Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo'yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga ixtisoslik fani bo'yicha malakaviy imtihoni.
Joriy yilning 13-iyul kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi mas’ul xodimi hamda universitet rahbarlari ishtirokida universitetni 2022-2023 o‘quv yilida rahbarlik va liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2023-yil 17-iyuldan 30-avgustga qadar Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qarori 2-ilovasi 5.2-bandi ijrosini ta’minlash hamda professor-o‘qituvchlarda nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayoniga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Arxitektura fakulteti tashabusi bilan “Workshop” tashkil etilmoqda.
2023-yil 7-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” va Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 22-iyundagi 01-11/1012-sonli xatiga muvofiq, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oluvchi talabgorlardan ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlarni OAK talablari asosida shaffof va yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning iyun oyida Rossiya Qozon shahrining federal universiteti filiali Dizayn va fazoviy san’at institutining rahbarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakultetiga tashrif buyurdi.
PhD 26/26.01.2023.Т.109.02 raqamli Ilmiy Kengashning Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda A.S.Qurbonovning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining muhokamasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Turkiya Ebru san’ati ustasi va “Ebristan Istanbul Ebru uyi” asoschisi Hikmet Barutchugil tashrif buyurishi kerak edi.
SamDAQU delegatsiyasi safarining navbatdagi manzili “Yildiz Texnoparki”ga tashrif bilan davom etdi. PQ-416-sonli qarorida universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar belgilangan.
Turkiyaning ilmiy-texnik izlanishlari bo‘yicha kengashi (TUBITAK) milliy darajadagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etishga mas’ul tashkilot hisoblanadi. Tashkilotning Turkiyada 11 ta ilmiy-tadqiqot markazlari mavjud. Rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib turgan SamDAQU delegatsiyasi, rektor Chidem Turkyilmaz boshchiligida ushbu tashkilotning Tubitak Marmara ilmiy-tadqiqot markazi (MAM)ga tashrif buyurdi.
Safarning navbatdagi kunida SamDAQU delegatsiyasi Istambul Kultur universitetining kampuslariga tashrifni amalga oshirdilar. Dastlab universitetning yangi “Basin Expres” kampusidagi o‘quv auditoriyalari, kutubxonalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Yangi kampus 2018-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2 ta 10 qavatli binodan iborat.
Safarning ikkinchi kunida universitet rektori boshchiligidagi delegatsiya Fatix Sulton Mehmed fondi universitetiga tashrif buyurdilar.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining ikkinchi delagatsiya a’zolari ayni kunlarda Turkiya safarida bo‘lib turibdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bir guruh rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va doktorant tadqiqotchilaridan iborat birinchi delegatsiya a’zolari joriy yilning 27-maydan 4-iyuniga qadar xizmat safari bilan Turkiya davlatida bo‘lib qaytdilar.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining delegatsiya a’zolari Turkiyaning lstanbul Kultur universitetida bo‘ldilar.
Xabaringiz bor Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bir guruh a’zolari Turkiyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdilar.
Ayni damda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va doktorant tadqiqotchilaridan iborat delegatsiya a’zolari xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdilar.
Ayni damda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tomonidan Samarqandning yuragi bo‘lmish Registon maydonida joylashgan “Mirzo Ulug‘bek madrasasi”da “Barqaror arxitektura – buguni va kelajagining yutuq va muammolari” mavzusida xalqaro darajadagi konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
“Yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish va davlat kadastrlari munosabatlarini takomillashtirishda ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
VAZIR O‘RINBOSARI SAMDAQUDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI HAMDA MAVJUD SHAROITLAR BILAN TANISHDI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Landshaft dizayni va interyer” yo‘nalishi talaba-yoshlarining “Bog‘bon IN Vitro” laboratoriya ilmiy ishlab chiqarish markaziga tashrifi uyushtirildi.
Joriy yil 3-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulug'bek Nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish Universitetida "Shaharsozlikning Innovatsion Rivonjlantirish Muammolari, Fan Va Ta'lim Istiqbollari" Mavzusidagi Xalqaro Ilmiy-amaliy Konferensiya
“Xalqaro turizm markazi”ning “Boqiy shahar majmuasi”da darsdan tashqari qoʻshimcha amaliy dars mashgʻulotlarini olib borishdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Korea Respublikasi xalqaro reytingi baland “Yeungnam”, “Halla”, “Dankook” "Kyungwoon" universitetlari oʻrtasida uzoq muddatga moʻljallangan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Sumalak xalqimizning ardoqli shodiyonasi-Navro‘zning ko‘rkidir. Sumalak - yangilanish, yosharish fasli bo’lgan bahorning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsolidir.
Joriy yil 9-mart kuni "Qurilish" va "Muhandislik kommunikatsiyalari va qurilishi" fakulteti birinchi bosqich talabalariga universitet psixologi S.Otayorov va tyutorlar bilan hamkorlikda "Qiyin, murakkab ilmiy kitoblar o'qishga miyamizni tayorlash" mavzusida noodatiy seminar-trening o'tkazdi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining 2023-yil 2-martdagi 12-sonli Farmoyishi asosida Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan "XAVFSIZ XAYOT UCHUN" aktsiyasi doirasida Samarqand shahrining ''Buyuk ipak yo'li'' turizm markazida viloyati boʻyicha "YANGI NAFAS" tez yurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Joriy yil 14-mart kuni Turkiyaning Ankara Yildirim Beyazit universiteti va Mirzo Ulugbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbar xodimlari bilan birgalikda hamkorlik toʻgrisida davra suhbati bolib oʻtdi.
To‘g‘ri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan o‘rgangan odamning umri halovatda bo‘ladi. Adolatsizlik, qonunlarga hurmatsizlik, kasb-u amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.
Korrupsion holatlar, xususan, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa shuning kabi qonunbuzilishlari ta’limning sifat va samaradorligiga jiddiy zarar yetkazadi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Tasviriy sanʼat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sultanov Akram Namazbayevich “Best publication” ilmiy tadqiqotlar markazining tegishli qaroriga asosan MDH davlatlari miqyosida “INTELLEKTUAL IZLANUVCHI” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2023-yil 24-27-yanvar kunlari Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi hamda Qurilish fakultetlari tyutorlari, guruh sardorlari va faol talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
2023-yil 7-yanvar kuni “Research and publications” hamda 2023-yil 20-yanvar kunlari “SCIENCE BOX” MCHJ ilmiy nashrlar markazi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyalari bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ul xodimlari “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari bilan muloqot olib bordi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.
Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Collection of scientific research works and project proposals given by professors and teachers of the institute in developing the development strategy of the government and non-governmental non-profit organizations in 2021
Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra:
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yoʻnalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yoʻnalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Yangiliklar | 25-10-2021 | ko'rishlar soni: 73
2021 yilining 25 sentabr kuni Samarqand shahridagi Mo'jiza amfiteatrida “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Elimiz suygan san'atkorlar va estrada xonandalari ishtirokida bo'lib o'tgan madaniy tadbir oldidan bir guruh faol yoshlar, yosh tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari hamda yoshlar siyosati sohasida faoliyat olib borayotgan mas'ul rahbarlar taqdirlandi.
Yangiliklar | 25-10-2021 | ko'rishlar soni: 68
Joriy yilning 21 sentabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik faollar zalida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar | 25-10-2021 | ko'rishlar soni: 61
2021 yil 14 sentyabr kuni institut kichik faollar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakulteti talaba-yoshlari orasida targʻib qilish boʻyicha targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Yangiliklar | 25-10-2021 | ko'rishlar soni: 52
Samarqand viloyati hokimligining 2021 yil 15 sentabrdagi 08-08/1510-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 21 sentabr kuni institut kichik faollar zalida “Sof e’tiqod tushunchasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Samarqand viloyati bosh Imom Xatibi o‘rinbosari Y.Mansurov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi T.Egamov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda institut talabalari ishtirok etdi.
Yangiliklar | 25-10-2021 | ko'rishlar soni: 79
Joriy yilning 14 sentabrida MIrzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Potsdam amaliy fanlar universitetining (Germaniya) yetakchi professorlari Volker Bley, Markus Tubbesing, Shtefan Laue, Yorg Ryoder tashrif buyurishdi.