Skip to main content

MUROJAAT

Manbalarda vaqt o'tkir qilichga o'xshatilgan. Undan ma'rifat yo'lida unumli foydalanish zarur. Aks holda, u inson zararıga xizmat qiladi. Ma'naviyat doimo bizga saboq berib kelgan, jumladan, nefs, ta'magirlik, zamonaviy tushunchalar bilan aytganda korrupsiayaviy holatlar va ularning ayanchli oqibatlaridan ham…

 Ma’naviyat ustuvorligi bilan jamiyatimizda bu kabi unsurlardan ma’lum darajada g‘olib chiqishga erishib kelmoqdamiz. Ammo, haqiqatda hali qilinadigan ishlar ham, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham bisyor. Jamoamizda faoliyat yuritayotgan, o‘zini ana shu jamoaga daxldor deb bilgan har bir professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba hammamiz bir tanu bir jon bo‘libgina ularni ildizi bilan yo‘q qilishimiz mumkin.

 

Milliy tiklanishdan milliy yuksalish yo‘liga o‘tayotgan O‘zbekiston uchun ma’naviy tarbiya bugun har qachongidan ko‘ra ham ahamiyatlidir. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya sustlashgan muhitda halollik va vijdoniylik ildizlariga zarar yetadi, oshkoralik yo‘qolib, shaffoflik tamoyillari “sindiriladi”.

 

Qadrli hamkasblar! Aziz Ustozlar!

Hurmatli talaba-yoshlar!

 

Biz — ta’magirlik, poraxo‘rlik va qonun buzilishlarining boshqa har qanday ko‘rinishlariga nisbatan ma’naviy immuniteti asrlar davomida shakllangan yuksak ma’rifatli xalqning farzandlarimiz. Universitetimiz maqomiga putur yetkadigan, obro‘sizlantirilishiga sabab bo‘ladigan turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ta’lim va tarbiyaning ustuvorligiga erishish yo‘lida faqatgina maqsadli, oliy va ezgu harakatlarni amalga oshirishga chaqiraman.

 

Hurmat bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzakov