Skip to main content

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni

Hurmatli talabalar sizlarni “Xalqaro talabalar kuni” bilan chin dildan tabriklayman!

Talabalik – bu imkoniyatlar davri. Ushbu yillarni samarali oʻtkazib, o‘zingizni intellektual, ijodiy va professional jihatdan rivojlantirishga hissa qo‘shing. Sizning kuch-g‘ayratingiz va izlanishingiz yurtimizning porloq kelajagini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Sizlarga o‘qishlaringizda yuksak natijalar, hayot yo‘lingizda omad va baxt yor bo‘lishini tilayman. Hech qachon yangi marralar sari intilishdan to‘xtamang!

Hurmat bilan, Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori