Skip to main content

ARXITEKTURA FAKULTETI

Kamalova Dilnoza Zaynidinovna

Telefon: 
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD (arch)
Ilmiy unvoni: Professor
Chet tillarini bilishi: Rus tili, Ingliz tili
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: 
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00

Fakultet to'g'risida

     

Arxitektura fakulteti Samarqand Davlat arxitektura – qurilish instituti Qurilish fakulteti tarkibidan 1969 yilda ajralib chiqdi.

Bugungi kunda fakultetda 100 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Arxitektura sohasining yetuk olimlari A.S.Uralov, K.D.Raximov, D.N.Sultanova va Sh.M.Abduraimovlar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamdaning doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlash bo’yicha ilmiy ixtisoslashgan kengashi a’zolaridir. Shuningdek arxitektura fanlari doktori, professor A.S.Uralov Qoraqalpoq davlat universiteti Arxitektura fakulteti huzuridagi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlash bo’yicha ilmiy ixtisoslashgan kengashi raisining muovini hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” va “Orbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi” oliy unvonlariga sazovor bulgan professorlar A.S.Uralov va E.M.Muhammadiyevlar nafaqat fakultetimiz, balki universitetimizning ham faxri hisoblanishadi.

1998 yildan boshlab fakultetda 18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash” ixtisosligi bo’yicha aspirantura, 2000 yildan e’tiboran ushbu ixtisoslik bo’yicha doktorantura tashkil etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2023 yil 28 fevraldagi 108-sonli qaroriga muvofiq Samarkand davlat arxitektura-kurilish universiteti xuzurida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.26/26.01.2023.A.109.05 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Kengashga 18.00.01 - “Аrxitektura nazariyasi va tarixi. Аrxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash hamda 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharrsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosliklari boʼyicha ilmiy ishlarni koʼrib chiqish vakolati berilgan.

Arxitektura fakulteti SamDAQUning o’quv ilmiy va ma’muriy bo’linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassislari bo’yicha talabalarnu o’qitish, ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug’ullanadi.

Dekanat fakultetda rahbarlikni amalga oshiradi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

O'qituvchilar faoliyatini nazorat qilish (o'quv rejasining bajarilish holati, hujjatlar va boshqalar);

Talabalarning muvaffaqiyatini baholash;

Abituriyentlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul komissiyasi bilan hamkorlikda ishlash;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-416-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetda yangi kafedralar tashkil etildi:

Arxitektura kafedrasi

Interer dizayni kafedrasi

Landshaft dizayni kafedrasi

Shahar qurilishi va loyihalash kafedrasi.

FAKULTET QUYIDAGI TA'LIM YO`NALISHLARI BO`YICHA BAKALAVRLARNI TAYYORLAYDI:

60730100 - Arxitektura (turlari bo'yicha);

60210400- Dizayn: Landshaft dizayni;

60210400- Dizayn: Interer dizayni;

60731500 - Shahar qurilishi va loyihalash

QUYIDAGI MUTAXASSISLIK BO`YICHA MAGISTRLARNI TAYYORLAYDI:

70730I0I - Bino va inshootlar arxitekturasi

70730I03 – Arxitektura tarixi va nazariyasi;

702I040I – Dizayn: interyer dizayni;

702I0401 – Dizayn: landshaft dizayni;

70730102 – Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi