Skip to main content

Ma’naviyat va Ma’rifat Bo‘limi

2022-yil 25-may kuni 1-sonli TTJ faollar zalida TTJ talabalari bilan “Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, giyohvandlik, korrupsiya holatlari, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut psixologi S.Otayorov, “MKQ” fakultet tyutorlari hamda Samarqand shahar IIOFMB 3-sonli IIB, XPB profilaktika katta inspektori mayor I.Aliyev bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Samarqand shahar IIOFMB 3-sonli IIB, XPB profilaktika katta inspektori mayor I.Aliyev talaba-yoshlarga huquqbuzarlikni oldini olish, o‘z haq-huquqlarini bilish, giyohvandlikka qarshi kurashish, korrupsiya holatlari va institut doirasida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Soʻzga chiqqan S.Otayorov institut hududida talabalarda muomila madaniyati, taʼlim-tarbiya boʻyicha oʻzining psixologik maslahatlarini talaba yoshlar bilan oʻrtoqlashdi. 

Davra suhbatida talaba yoshlar oʻzining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.