60210400 – Dizayn: landshaft dizayni,
60210400 – Dizayn: interyer dizayni,
60210400 – Dizayn: libos va gazlamalar,
60210400 – Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto,
60210800 – Amaliy san’at: Badiiy naqqoshlik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan
2024-2025 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish kunlari belgilandi, tasdiqlangan dasturga asosan ijodiy imtihonga har bir abiturient quyidagi zaruriy o‘quv qurollarini o‘zlari bilan olib kelishlari talab etiladi:
1. Rangtasvir fanidan ijodiy imtihonga:
Qalam (T, TM, o‘chirgich, skoch, rezak (qalam charxlagich), akvarel bo‘yog‘i, palitra (rang tayyorlagich), rang uchun suv idish, turli hajmdagi mo‘yqalamlar.
2. Chizmachilik fanidan ijodiy imtihonga:
30x40 o‘lchamdagi planshet (chizma doskasi), qalam (T,TM,M), o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich), sirkul (har xil turdagi), chizg‘ichlar, (O‘lcham(lineyka), burchaklik (ugolnik), transportir).
3. Chizmatasvir fanidan ijodiy imtihonga:
Qalam (T,TM, M, o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich)
4. Kompozitsiya fanidan ijodiy imtihonga:
Qalam (T,TM, o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich), akvarel-guash-akril bo‘yog‘i, palitra (rang tayyorlagich), rang uchun suv idish, turli hajmdagi mo‘yqalamlar, sirkul (har xil turdagi), chizg‘ichlar, (O‘lcham(lineyka), burchaklik (ugolnik), transportir).
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirig’ini bajarish uchun A3 o‘lchamdagi qog‘oz qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Ortiqcha buyumlar (imtihonga taalluqli bo‘lmagan barcha buyumlar) ni olib kirish ta’qiqlanadi!
Ijodiy imtihon dasturi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishish uchun universitetning rasmiy satiga www.samdaqu.edu.uz murojaat qilishingiz mumkin.