Skip to main content

AKADEMIK ALMASHINUV

Ayni damda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va doktorant tadqiqotchilaridan iborat delegatsiya a’zolari xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdilar.

SamDAQU delegatsiyasi Turkiyaning Yildiz texnika universiteti (YTU) rektori professor Tamer Yilmaz tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik, qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv dasturlari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. SamDAQU delegatsiyasi a’zolari YTUning Ilmiy tadqiqotlar markazida bo‘lib laboratoriyalarda bajarilayotgan loyihalar, shartnomalar, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish ishlari bilan tanishmoqdalar. 

SamDAQU delegatsiyasining Turkiyadagi xizmat safari davom etmoqda..