Fizika –matematika fanlari doktoranti professor.
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida 1976 yildan boshlab ishlaydi, 1976-2011 yilgacha “Oliy matematika” kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelgan. 2012 yildan boshlab professor lavozimida ishlab kelmoqda.
Uning bevosita ilmiy rahbarligida ikkita fan doktorlari to‘rtta fan nomzodi, va ikkita texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlandi. Hozirda bir fizika matematika fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlanmoqda. Uning raxbarligida 10 ta magistrlik dissertatsiyasi himoya qilindi.
1995-2008 yillar davomida “O‘z neftgaz” milliy holding kompaniyasiga qarashli “O‘zbekLITIneftgaz, IGIRNIGM” institutlari, OMP, “O‘zbekneftegaz geolgiya” , “Samarqandgeologiya” davlat korxonasi,
Toshkent davlat universiteti qoshidagi “Neft va gaz konlarini, burug’lashda asoratlarga qarshi kurash” ilmiy markazi tashkilotlari uchun xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy ishlar bajarildi.
1998-2001 yillarda fan va texnika qo‘mitasi granti asosida “Neft va gaz konlarini burg‘ulashda nostatsionar gidromexanik jarayonlar” ilmiy loyihasi bajarildi. 2006-2008 yillarda Respublika Vazirlar mahkamasi huzuridagi fan va texnalogiyalar markazi davlat ilmiy dasturlari doirasida “Neft va gaz konlarini burg‘ulashda quduqlarni yuvishning gidravlik programmasini ishlab chiqish va tatbiq qilish” ilmiy loyihasi bajariladi.
Uning 190 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning turli nashiriyotlarida chop etilgan, 3 ta monografiya chop etilgan. Uning 2 ta mualliflik guvohnomasi va 15 dan ortiq fond ishlari mavjud.
U Samarqand davlat universiteti qoshidagi fizika- matematika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori dissertatsiyalari himoya qilishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash a’zosi. U oliy matematikaning barcha bo‘limlariga uslubiy qo‘llanmalar hamda “Mutaxasislikka kirishi (bir nechta mualliflar bilan birgalikda va “Chiziqli algebra va analimik geometriya masalalar yechish” oliy texnika o‘quv yurtlari uchun “O‘quv qo‘llanma” (mualliflar bilan birgalikda) o‘quv qo‘llanmalari yozilgan, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash mutaxassisligida ta`lim olayotgan talabalar uchun (5A 311903) “Maxsuldor qatlamllarni ochish va quduqlarni o‘zlashtirish” darsligi yozildi (mualliflar bilan).
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 va 15 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.