Skip to main content

AKSILKORRUPSIYA OYLIGI: INSHOLAR TANLOVI

Korrupsiya-ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan jinoyat hisoblanadi.

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Biz-yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda universitetimiz talabalari bilan bir qatorda SamDAQU tasarrufidagi Arxitektura-qurilish texnikumi, akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining jami 23 nafar o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.

Talabalar bo‘limi, ARM va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Murodjon Xodjabekov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov jarayonlari “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining tajribali o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilindi.

Tanlov yakunida barcha ishtirokchilar universitetning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. 1-2-3-o‘rin sohiblari aniqlanib, “Aksilkorrupsiya oyligi”ning yakuni ya’ni taqdirlash marosimida e’lon qilinishi ta’kidlandi.