Skip to main content

“BOQIY SHAHAR MAJMUASI”DA AMALIY DARS

“Xalqaro turizm markazi”ning “Boqiy shahar majmuasi”da darsdan tashqari qoʻshimcha amaliy dars mashgʻulotlarini olib borishdi.

Joriy yil 29-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti “Arxitektura tarixi va nazaryasi” kafedrasi oʻqituvchisi Olim Urakov tomonidan fakultetning 301-302 arxitektura turlari boʻyicha yoʻnalishda taʼlim olayotgan talabalar bilan birgalikda “Xalqaro turizm markazi”ning “Boqiy shahar majmuasi”da darsdan tashqari qoʻshimcha amaliy dars mashgʻulotlarini olib borishdi. Majmuaga kirib uning dizayni “Ming bir kecha” ertaklariga monand shaklda bunyod etilgan boʻlib, talabalar bu yerda o‘zini ko‘hna moziyga qaytgandek his qilishdi. Ustoz Urakov Olim “Boqiy Shahar” majmuasida olib borilgan amaliy darsida majmuaning bezaklarida, qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So‘g‘d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilganini tushuntirib berdi. Talabalar bu yerda qadimiy bozor, mamlakatning barcha hududlariga xos 40 ta hunarmandlik ustaxonalari tashkil etilgani, unda ustalar yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish kabi jarayonlarini guvohi boʻlishdi. Shuningdek “Boqiy shahar” tarixiy majmuasida rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, “Chorsu” sharq bozori, milliy kiyimlar galereyasi, kutubxona, qo‘g‘irchoq teatri va shaxmat maktabi joylarini ham koʻzdan kechirdilar.