Skip to main content

AMALIY DARS MASHG‘ULOTLARI OLIB BORILMOQDA

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti Madaniy me’ros obyektlarini asrash fakulteti va Samarqand shahar Madaniy me’ros boshqarmasi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarda amaliy dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

“Arxitektura yodgorliklar rekonstruksiyasi va restovratsiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dilshod Luqmonov, Elvira Jurayeva, Yulduz Nurmuradova tomonidan 3-4-bosqichdagi ushbu ta'lim yo‘nalishi talabalariga tarixiy yodgorliklarda amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. 

Hozirda “Qozi kalon” masjidi, “Ishratxona” majmuasi, “Dari zanjir” madrasasi, “Xo‘ja Abdu Darun” majmuasi va boshqa tarixiy obyektlarda talabalar bilan o‘lchov ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek talabalar tarixiy obyektlarda amalga oshirilgan o‘lchov ishlaridan so‘ng natijalar tahlil qilinib rekonstruksiya loyiha takliflari ustida amaliy ishlar olib boradilar.