Skip to main content

AMALIY SAYYOR DARS TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 10-noyabr sanasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakulteti “Interyer dizayni” kafedrasi o‘qituvchisi Rafoat Shamsiyeva tomonidan uchinchi bosqich talabalariga amaliy sayyor darslari tashkil qilindi.

Amaliy sayyor mashg‘ulotlar Samarqand shahrida joylashgan “Silk Road Samarkand” turizm markazida olib borildi. Dars jarayonlarida “Ergonomika” hamda “Vitrina va ko‘rgazma dizayni” fani bo‘yicha hududda shahrimiz mehmonlari uchun barpo etilgan zamonaviy villalalar va osmono‘par ko‘p qavatli mexmonxonalar shu jumladan “Minyoun” mehmonxonasining ichki interyer va eksteryer dizaynlari, interyer bezaklari, mebellarning joylashuvi, xonalarining turlari, xizmat ko‘rsatilishi va shu kabi ko‘plab qirrralarini va binolar tipologiyasi landshaft yechimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.