Skip to main content

AMALIY “WORKSHOP”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qarori 2-ilovasi 5.2-bandi  ijrosini ta’minlash va professor-o‘qituvchlarida nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayoniga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Madaniy meros obyektlarini asrash” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va “Madaniy meros obyektlarini asrash va foydalanish” magistratura mutaxassisligi professor-o‘qituvchlari uchun 7-avgustdan 30-avgustga qadar “Workshop” tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda rejaga asosan tadbirning birinchi kunidayoq Samarqand shahridagi “Bibixonim maqbarasi” hamda uning atrofida joylashgan mahalla va guzarlarida tanishuv sayohatlari olib borilmoqda.

Maqbaraning hozirgi holati, maqbarada olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining samaradorligi va yodgorlikning kelajakda turizm salohiyatini yanada oshirish va yodgorlikning atrofidagi tarixiylik va asl holatini saqlab qolish borasida Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Turkiyadan tashrif buyurgan olimlar Haydar Pekgo‘z va Ebru Pekgo‘zlar hamkorligida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek kafedra professor-o‘qituvchilari Ilhom Mahmatqulov, Sherzod Abduraimov, Olim Uroqov, Laziz Raximov, Nodira Fayzullayevalarning ham soha bo‘yicha olib borayotgan ishlari va ma’lumotlari ustida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.