2024-yil 25-30-noyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida M.S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun tashkil etilgan amaliyot o‘z nihoyasiga yetdi.
Amaliyot davomida mehmonlar universitetning turli kafedralaridagi ta’lim jarayonlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, moddiy-texnik baza va laboratoriya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga, sanoat korxonalariga tashrif buyurib, sohaning amaliy tajribalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.
Amaliyot yakunida mehmonlarga universitet Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzokov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani Javlon Suyunov, Atrof muhit muhandisligi kafedra mudiri Bahodir Norqulov, va Mexanika muhandisligi kafedra mudiri Zafar Fayziyevlar tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.