Joriy yilning 27-29-aprel kunlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida Fatih Mehmet universitetidan Dr. Serap Ekizler Soʻnmez tomonidan “Markaziy osiyodan Anadoluga geometrik naqshlar va arxitekturada raqamli vositalardan foydalanish” mavzusidagi seminarlari tashkil etildi.
Serap Ekizler So‘nmez ishtirokidagi geometrik naqshlar bo‘yicha tadbirlar dastur asosida ikki kun davom ettirildi.
Birinchi kuni o‘rta Osiyodan Anadolugacha bo‘lgan mintaqada umumiy tipologiyaga ega geometrik naqshlar bo‘yicha seminarlar va workshoplar o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi kuni AutoCAD dasturi yordamida Temuriylar davri me’moriy obidalarida bitilgan murakkab geometrik naqshlar chizildi.
Dastur davomida ishtirokchilar qo‘lda va elektron chizmalar kompyuterlar yordamida olib bordilar.