Toshkentda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev boshchiligida tashrif buyurgan 15 ga yaqin muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va O‘zbekiston tomonidan 35 ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari bugungi bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi.
Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasida universitetlararo loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish lozimligi qayd etildi. Qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov magistratura, aspirantura va doktoranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi.
Ochilish marosimidan so‘ng anjuman ishi yalpi majlislarda davom etdi. Unda ikki davlat muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish tajribasi, texnik ta’limni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari, fan va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ma’ruza qilishdi.
Ushbu xalqaro anjumanda Mirzo ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-quilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xonim ham ishtirok etdi.