O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdgi PF-200-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 19-bandida ko‘rsatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, talaba-yoshlarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Antikorrupsiya bilimdoni” bilimlar bellashuvining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Bellashuvda Arxitekrura fakultetining “Ishonch”, Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetining “Halol avlod”, Qurilish fakultetining “Target”, Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Kvadrat”, Arxitektura-qurilish texnikumining “Adolat tarozisi” jamoalari ishtirok etdi.
Jamoalar o‘rtasida kechgan bahs-munozaralarni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i A’lam Axmedov, Samarqand viloyati Yoshlar ishlari agentligi yuristkonsulti Ziyoda O‘rinboyeva, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi Targ‘ibot-tashviqot ishlari va mahalliy kengashlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Ulug‘bek Sobirov, Samarqand viloyati Rus drama teatri bosh rejissiyori, San’at kolleji katta o‘qituvchisi, Kino va teatr san’ati a’lochisi Ilhom Bo‘riboyev hamda “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotovalar baholab bordi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni — Iqtisodiyod va boshqaruv fakulteti “Kvadrat” jamoasi;
2-o‘rinni — Arxitektura-qurilish texnikumi “Adolat tarozisi” jamoasi;
3-o‘rinni — Qurilish fakulteti “Target” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Bellashuv g‘oliblari hamda “Eng bilimdon talaba”, “Eng faol talaba” nominatsiyalarining munosib nomzodlari, shuningdek tadbirga yaqindan yordam bergan tyutorlar, universitet Yoshlar ittifoqi faollari diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuning bilan birga, bellashuvda ishtirok etgan barcha talabalarga “Adolat” sotsial demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi.