Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Pokistonda faoliyat yurituvchi taniqli me’mor va gumanitar geograf Dr. Zahra Hussain ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar hamda soha bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Dr. Zahra Hussain o‘z nutqida ekologik merosni himoya qilishda inson omilining ahamiyatini ta’kidladi. U antropogen omillarning meros ekologiyasiga ta’sirini keng yoritib, zamonaviy arxitektura va ekologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni muhokama qildi.
Shuningdek, seminar davomida talabalar va ishtirokchilarning ekologik masalalar bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.
Seminar yakunida faol ishtirok etgan talabalarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan Dr. Zahra Hussain, ekologik muammolarni hal qilishda yoshlarning ilmiy yondashuvlari va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.