Skip to main content

“Arxitektura” kafedrasi filiali ishlab chiqarish korxonasida tashkil etildi

Xabaringiz bor 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar muhandislik oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda, ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich dual ta’lim tizimida tashkil qilmoqda.

Filiallarni tashkil etishdan maqsad kadrlar tayyorlashni rejali tarzda yoʻlga qoʻyish va ularning sifatini oshirish borasida oʻquv-ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.

Joriy yilning 11-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va “Sam Pro Project” ma’suliyati cheklangan jamiyat direktori Asaloy Toshtemirova o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida, korxona qoshida “Arxitektura” kafedrasi filiali tashkil qilindi.

Kafedra filialining ochilishida universitetdan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sherzod Uzokov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Egamov Raxmatillo, “Oliy ilm-fan maktabi” dekani Perviz Ahmedzade,  “Arxitektura” fakulteti dekani Dilnoza Kamalova, “Arxitektura” kafedrasi mudiri Laziz Raximov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Tashkil etilayotgan tizim jamiyat ehtiyojlari va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. Hamkorlik natijasida ta’lim sifatini oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va universitet hamda korxona o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.