“Elite Building” kompaniyasi “Axmadbek qurilish trio” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi” kafedrasining filiali ochildi.
2024-yil 6-sentabr kuni universitetning Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Jo‘ramirza Qayumov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, “Elita Building” kompaniyasi direktori Ilhom Rustamov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Endilikda ushbu filial orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32-sonli bayonida ko‘rsatilgan muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ijrosini amalga oshirishda hamda mamlakatimizda muhandis kadrlar tayyorlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish, “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri asosida muhandislik oliy ta’lim muassasalari va sanoat tarmog‘ining (ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarning) o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida universitetimizda bir qator ishlar olib boriladi.
Shu o‘rinda yangi o‘quv yilidan boshlab korxona qoshida tashkil etilgan kafedra filialida “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi.