26-noyabr kuni Tojikiston texnika universiteti vakillari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasiga tashrif buyurishdi.
Ular ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilishi, Istanbul va Yildiz texnika universitetlari kabi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklar, shuningdek, davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida o‘qitish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Kunning ikkinchi yarmida kafedraning moddiy-texnik bazasi va yangi laboratoriya jihozlari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida kafedra vakillari Dilshod Nodirov va Anvar Jo‘rayev tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
27-noyabr kuni mehmonlar Samarqand shahridagi Shirin massivi hamda Samarqand oqava suvni tozalash korxonalariga olib borilib, amaliy jarayonlar bilan tanishtirildi.