Skip to main content

AXBOROT XIZMATI: YANGI LOYIHA USTIDA ISH OLIB BORILMOQDA

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Axborot xizmati xodimlari ayni kunlarda o‘zaro yangi loyihalar ustida ish olib bormoqdalar.

Joriy o‘quv yili boshida SamDAQU Axborot xizmati ish o‘rinlari soni kengaytirildi. Universitet rektorning tegishli buyrug‘iga asosan Axborot xizmati – Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi etib qayta tashkil etildi.

Shu sababli bugun bo‘lim xodimlariga soha bo‘yicha kichik seminar tashkil etildi. Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, universitet matbuot kotibi Javlon Sadikov tomonidan Axborot xizmati faoliyatiga doir dastlabki huquqiy bilimlar jumladan, “Axborot olish va tarqatishning huquqiy asoslari”, “Fake xabarlarni tezda aniqlash, rasmiy munosabat bildirish usullari va raddiya berish tartibi”, “Tashkilot faoliyati haqida qanday gapirish/yozish kerak?”, “Ommaviy axborot vositalarida shaxs shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini yoritish masalalari”, “OTMning mediamakonda ijobiy imidjini yaratish”, “Zamonaviy va sifatli kontent yaratish”, “Maxsus media dasturlarda kreativ loyihalarni tayyorlash”, “Professional foto-video texnika bilan muomala qilish”, “Foto va matnli postlarda sun’iy idrokni qo‘llash”, “OAV va blogerlar bilan hamkorlikda ishlash” kabi mavzularda huquqiy hamda amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek seminardan so‘ng, yosh xodimlarning fikrlari eshitildi, yangi g‘oyalar ustida muhokamalar olib borildi. Muhokamalar so‘ngida yil davomida bir qator vazifalar bajarilishiga kelishib olindi.