U qator horijiy mamlakatlar (Malayziya, Rossiya, Belarusiya, Ozorbayjon, Qozo-g‘iston, Tojikiston)da ilmiy ma’ruzalar qilgan. Uning “Me’moriy shakllarni uyg‘un-lashtirish, bezash va yorug‘lantirish” nomli kitobi Malayziya Islom fanlari universi-teti nashriyotida 2019 yilda ingliz tilida chop etilib, ushbu universitet o‘quv jara-yoniga tadbiq qilingan. U 22 ta monografiya, 10 ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanma, 250 dan ziyot ilmiy maqolalar, 60 dan ziyot ilmiy tezislarning muallifidir.
A.Uralov SamDAQUda arxitektura va landshaft arxitekturasi yo‘nalishlarida Il-miy maktab yaratgan taniqli olimdir. U 2004 yildan boshlab hozirga qadar arxitektura fanlari bo‘yicha 15 nafar falsafa doktorlari (PhD) va 2 nafar fan doktorlari (DSc)ni tayyorlagan. SamDAQUda Davlat grantiga kiritilgan 3 ta ilmiy – amaliy va ilmiy-texnik loyihalarga rahbarlik qilgan va ularni muvaffaqiyatli tugatgan.
A.Uralov O‘rta Osiyo arxitekturasi nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash, landshaft arxitekturasi va bog‘-park sa’nati sohalarida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borib, ushbu sohalarda Arxitektura fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan va erishgan shaxsiy yutuqlari va xalqaro ahamiyatga molik ilmiy natijalari bilan boyitgan.
Xususan, u Markaziy Osiyo o‘rta asrlar me’morchiligida davolash va shifobaxsh–gigiyenik muassasalar, o‘rta asrlardagi Sharq bozorlarining savdo binolari, tasavvuf muassasalari, suv va muz ta’minoti inshootlari arxitekturasining shakllanish va ri-vojlanish evolyusiyasini, ularning o‘ziga xos me’moriy-rejaviy yechimlarini, shaharsoz-lik tizimidagi joylashuvini, funksional tarkibini, konstruksiyasi va me’moriy bezaklarini O‘rta Osiyo arxitekturashunoslik fanida to‘liq yoritib bergan va ushbu ja-moat binolari va inshootlarining mukammal me’moriy tipologiyasini yaratgan.
Dunyo xalqlari bog‘–parkchilik san’ati va landshaft arxitekturasi tarixi, o‘t-mishdagi ta’lim-tarbiya va ilm-fan muassasalari arxitekturasi, arxitekturaviy kompo-zisiya, me’moriy uyg‘unlik va shakllar mutanosibligi nazariyasi kabi bir qator yo‘-nalishlarda yangi ilmiy natijalarga erishgan. Masalan, u Temuriylar va Boburiylar davri bog‘lariga xos “Chorbog‘” uslubining ilmiy nazariy asoslari va uni O‘zbekiston landshaft arxitekturasi amaliyotida qayta tiklash konsepsiyasini yaratgan. Bizgacha saq-lanmagan noyob qator me’moriy obidalarimiz arxitekturasini grafik qayta tiklash loyihalarini, jumladan, XVI asr Buxoro me’morining chizmalarida tasvirlangan sar-dobani, Buxoro xoni Subxonqulixonning tibbiy maskani- Madrasai dor ushshifo”sini, Samarqand shahrida XI asr boshida qurilgan ilk madrasa va bemoristonni, shaharning Ohanin darvozasini, Amir Temurning Samarqandda qurgan usti yopiq bozorini, ark-qal’asi va uning devorlari kabi noyob yodgorliklar me’moriy yechimlarining grafik rekonstruksiyalarini ishlab chiqqan.