Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Talabalar dekanati va “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi hamkorligida “Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbirni Talabalar dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Aminxo‘ja Jamolov kirish so‘zi bilan ochib, bag‘rikenglikning jamiyatdagi ahamiyati haqida gapirdi. Shundan so‘ng, “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Adolat Ziyatova mavzu yuzasidan batafsil ma’ruza qildi. Tadbirda 1-bosqich “Shahar qurilishi va loyihalash” ta’lim yo‘nalishi talabasi Og‘abek Fozilov ham mavzuga oid qiziqarli chiqishi bilan ishtirok etdi.