Skip to main content

BASKETBOLCHILARIMIZ VILOYATDA 2-O‘RIN BILAN QAYTDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi “Talabalar ligasi” OTMlararo o‘tkazilgan viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Shu munosabat bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov va Talabalar dekanati dekani Bekzod Saidovlar ishtirokida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda universitet jamoasi dastlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filliali basketbolchilarini, yarim finalda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasini mag‘lub etgan va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.  Final bahsida omad Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasiga kulib boqdi. Universitet jamoasi esa faxrli 2-o‘rin bilan qaytdi.

Taqdirlash marosimida SamDAQU basketbol jamoasi a’zolari diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.