Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi 2024-yilning 19-oktabr kunida Tianjin shahridagi Tianjin Chengjian universitetida bo‘lib o‘tgan “Bir kamar bir yo‘l arxitektura universitetlari xalqaro konsorsiyumi konferentsiya va forumi 2024”da ishtirok etdi.
Forum avvalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetini ushbu xalqaro konsorsiyumga (Belt and Road Architectural University International Consortium) yangi a’zo sifatida tantanali qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forum doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz “Today and Future of Uzbek-Chinese Cooperation in Architecture and Civil engineering” (Arxitektura va qurilish sohasida O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining buguni va ertasi) mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada arxitektura va qurilish sohasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli haqida gapirib, so‘nggi yillarda Xitoy tomonidan qurilish sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni yuqori baholashini va kelajakda oliy ta’lim, xususan, muhandislik yo‘nalishidagi OTMlari o‘rtasida ham hamkorlikda samarali va sermahsul loyihalar amalga oshirilishini ta’kidlab, zero ushbu do‘stona hamkorlik aloqalari bugungi kunda ikkala mamlakat rahbariyati tomonidan davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganligini aytib o‘tdi.