Skip to main content

JAMOATCHILIK FAOLLARIDAN BIRI TASHRIF BUYURDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bosh kotibi Ulug‘bek Xolmatov taklifiga binoan jamoatchilik faollaridan biri, sobiq deputat Qobul Dusov universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab mavjud fakultetlarda olib borilayotgan ishlar, universitet kampusida  (https://t.me/samdaqueduuz/20626)3000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosining (https://t.me/samdaqueduuz/20626?single) qurilish ishlari jarayoni bilan tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-416-sonli qarori (https://lex.uz/docs/-6277864) asosida transformatsiya jarayonlari orqali olib borilayotgan bunyodkorlik ishlar xususida ma’lumotlar berildi.

Qurilish jarayonlaridan so‘ng, Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalova bilan uchrashuv o‘tkazildi. Fakultet dekani o‘quv jarayonlari, talabalarning loyiha-ishlari fakultetning tarixi va buguni haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek bosh binoda joylashgan “Inkubatsiya”  markazidagi (https://t.me/samdaqueduuz/21321) markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Xususan markazda joylashgan “Master plan” (https://t.me/samdaqueduuz/21346) markazi , “Start up” va “Coworking”  (https://t.me/samdaqueduuz/21355)markazlarining asosiy maqsadi va faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida mutaxassislar bilan muloqotlar olib borildi.

Tashrif yakunida Qobul Dusov universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xonim qabulida bo‘ldi. Samimiy kechgan uchrashuvda jamoatchilik faoli o‘zini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Tashrif davomida transformatsiya jarayonida olib borilayotgan ishlar va mutaxassislar bilan bo‘lgan muloqotlardan so‘ng, iliq tassurotlar hamda ijobiy fikrlarda ekanligini bildirdi.