Skip to main content

BIRINCHI PROREKTOR JAMOAGA TANISHTIRILDI

Ibragimov Botir Dastamovich

Ibragimov Botir Dastamovich

Birinchi Prorektor

Telefon: 
Ma’lumoti: 
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni: 
Chet tillarini bilishi: Rus tili, Ingliz tili
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: 
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00

Xabaringiz bor Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) (https://lex.uz/uz/docs/-6277864)ga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.

Shuningdek, universitetimiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Universitet tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etilishi haqida ko‘rsatilgan edi.

Yuqoridagi qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan Ibragimov Botir Dastamovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Universitet Kengashining 2-3-sonli yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi Unda Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov universitet jamoasiga tanishtirildi.

Botir Ibragimov 1983-yilda tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent avtomobillar-yo‘llar instituti bakalavr, 2008-yil shu institutning magistraturasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Toshkent davlat transport universitetida kafedra mudiri hamda fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.