Skip to main content

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun yana bir amaliy ishga qo‘l urildi

Joriy yilning 8-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “O‘zqishloqelektrqurilish” aksiyadorlik jamiyati vakillari tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad “O‘zqishloqelektrqurilish” aksiyadorlik jamiyati vakillari joriy o‘quv yilining bitiruvchi talabalarini ishga qabul qilish bo‘lib, uchrashuvda Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha direktori Hasan Muxamedov, Mehnat resurslarini boshqarish bo‘yicha department boshlig‘i Sherzod Xudarganov, Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Sherzod Tirkashev, universitetning Strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi prorektori Botir Ibragimov, “Qurilish” fakulteti dekani Doniyor Juraqulov, Marketing va karyera bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarov hamda suhbatga taklif etilgan ta’lim yo‘nalishlari mutaxassis kafedra mudirlari hamda bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida tashrif buyurganlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatining faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar va bo‘sh vakant ish o‘rinlari haqida statistik ma’lumotlar berib o‘tildi. Shundan so‘ng ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar o‘zlarining rezyumelarini korxona vakillariga topshirdilar. Korxona vakillari suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarni rasmiy xabar orqali xabar berishlarini ma’lum qildilar.