Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining 2023-yil 30-avgustdagi 101-sonli kengaytirilgan yig‘ilishi bayonining 16- va 20-bandida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha “Bitiruvchi forumi”ni o‘tkazish to‘g‘risida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash, Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshayotgan isteʼdodli yosh ijodkorlar, ilm-fan sohalarida yutuqlarni qoʻlga kiritgan iqtidorli, ijtimoiy faol yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, ularning qobiliyatlarini toʻla namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning maʼnaviy barkamol shaxs boʻlib, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlari hamda oʻzlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassislari boʻlib yetishishlarida koʻmaklashish maqsadida 2023-yil 27-noyabr kuni soat 1100 da Universitetda sobiq bitiruvchilar ishtirokida “Bitiruvchilar forumi” anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanni universietning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Murodjon Xodjabekov kirish so‘zi bilan ochib sobiq bitiruvchilarni tabriklab universitetning tarixi va erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng so‘zga yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.X.Uzoqov chiqib talabalarga yaratilayotgan sharoitlar va universitetning istiqboldagi rejalari to‘g‘risida ma’lumotlarni keltrib o‘tdi.
“Bitiruvchilar forumi” anjumaniga 60 nafarga yaqin arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan sobiq bitiruvchilarimiz ishtirok etishdilar.
Xususan, Turdiyev O‘tkir Erkinovich-Zarafshon shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori, Yaxshilik Hasan-“Afrosiyob universal Loyiha” MCHJ bosh arxitektori, Karimov Bahodir-Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti o‘qituvchi, Murodov Sirojiddin--Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti o‘qituvchi, Boymanov Sohibjon-“Texnologiya” kichik korxonasi smeta bo‘yicha muhandis, Ochilov Bahodir-Samarqand turizm uyushmasi kata muhandisi, Abdullayev Usmon-“Barlos Project” MCHJ direktori, Jabborov O‘ktam- “Korun Ivvesten” MCHJ direktori, Yusupov Islombek-“Milliy bank” bosh mutaxassisi, Davirova Mo‘tabar-Aerogeodeziya korxonasi bosh mutaxassisi, Abdullayev Qayumjon-Sanoat xavfsizligi inspeksiyasi ish yurituvchisi, Rustamov Shaxzod-“Yoshlar ishlari agentligi” yoshlar yetakchisi, Salaydinov Nurjaxon-“Yagona Buyurtmachi” DUK yetakchi mutaxassisi, Mavlonov Asqar-“Maroqand Obod” DUK katta nazoratchisi, Nishonov Azamat-“Samarqand viloyat Kadastrlar boshqarmasi” matbuot kotibi, Nishonov Parviz-“Samarqand viloyat Kadastrlar boshqarmasi” kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Muzrobov Javlon-“Samarqand viloyat Kadastrlar boshqarmasi” kadrlar bo‘limi mutaxassisi, Zokirov O‘tkir -“Samarqand viloyat Kadastrlar boshqarmasi” umumiy bo‘lim bosh mutaxassisi, Saindorov Safarboy-“Samarqand viloyat Kadastrlar boshqarmasi” kadrlar bo‘limi mutaxassisi, Narzullayev Shaxzod-“Muvoraunnaxr arch design” MCHJ bosh arxitektori, Xusaynov Ulug‘bek-“Turon loyiha” MCHJ direktori, Muxammadiyev Sherbek-“Turon Loyiha” MCHJ bosh arxitektori kabi yetuk mutaxassislar hamda universitetda faoliyat yuritayotgan 19 nafar sobiq bitiruvchilar ishtirok etishdilar.
“Bitiruvchilar forumi” anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat Kadastrlar boshqarmasi hamda Universitet o‘rtasida “Hamkorlik kelishuv bitimi” tuzildi va imzolandi.