Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabalariga “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda Talabalar dekani Sherzod Bozorov, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, profilaktika inspektori Temur Karimov hamda tyutorlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida talabalarga mamlakatimizda milliy birlik, totuvlik va umumiy qadriyatlarimizni qadrlash haqida so‘z yuritildi.
Turli millat va madaniyat vakillari bo‘lishimizga qaramasdan, yagona xalq sifatida birlashib, rivojlanayotgan Vatanimiz uchun hissa qo‘shish g‘oyasi targ‘ib qilindi.
Bunday uchrashuvlar talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stlikni mustahkamlashda, yurtimizga bo‘lgan sadoqatni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.