Skip to main content

BIZ OITSGA QARSHIMIZ

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 5 tashabbus markazida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov jarayonlarini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov, Talabalar dekani Bekzod Saidov, Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimi Feruza Xodjayeva, Mehrangiz Xasanova, Maftuna Turdiyeva, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, Yoshlar yetakchisi Ikrom Dovurov, Arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Aminxo‘ja Jamolov hamda fakultet tyutorlari bevosita kuzatib bordilar.

Tanlovda 20 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etib, ular orasida 3 nafari quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

1-o‘rinni – Arxitektura fakulteti 2-bosqich talabasi Madina Masharipova;

2-o‘rin – Arxitektura fakulteti 1-bosqich talabasi Beksultan Uzakbergenov;

3-o‘rin – Arxitektura fakulteti 2-bosqich talabasi Sabina Boboqulovalar qo‘lga kiritishdi.

Shu bilan birga barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan  “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz”, “OIV profilaktika tarafdoriman”, “Biz OITSga qarshimiz” kabi xeshteglar tushirilgan futbolka va kepkalar ham taqdim etildi. Tanlov yakunida g‘oliblarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.