S.Boboev Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik bazalarini shakllantirish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning innovatsion usullarini o‘quv jarayoniga joriy etish va qo‘llash tadbirlarida yetakchilik qilib kelmoqda.
So‘nggi besh yilda S.Boboev tomonidan 3 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta Scopus xalqaro ilmiy jurnallarida va konferensiya materaillarida, 15 OAK xay’atining ro‘yxatiga kiritilgan “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy-texnik jurnallarida ilmiy maqolalar chop etgan.
S.Boboev Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli ilmiy Kengash raisi. M.S.Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti huzuridagi doktorlik ilmiy darajasini beruvchi GD.KOA-016 raqamli ilmiy Kengash a’zosi. OAK xay’atining ro‘yxatiga kiritilgan “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy-texnik jurnali hamda Scopus-Web of Science ro‘yxatiga kiritilgan “PROBLEMS OF ARCHITECTURE AND CJNSTRUCTION ” xalqaro ilmiy-texnik jurnallarida tahririyat hay’ati a’zosi.
Bugungi kungacha S.Boboev rahbarligida 5 nafar ilmiy izlanuvchilar (M.A.Axmedova, G.F.Keldierova, B.Aytmuratov, N.G.Olimova, X.R.Burxonov) (PhD) ilmiy darajasidagi dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qilishdi. Bundan tashqari hozirgi kunda 6 nafar tayanch doktoranlartga (M.Toshtemirov, A.Ismoilov, A.Safarov, M.Hazratqulova, B.Turdiqulov, B.Mamatov) 05.09.03- “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. U SamAVTO zavodining “Boshqaruv binosi” va “Lazer sexi”, Urgut erkin iqtisodiy zonasidagi “URGUT TEKSTIL” MChJ, “Samarqand sifat go‘sht savdo” MChJ, Farxod shaharchasidagi Keramik mahsulotlar ishlab chiqarish zavodi, Samarqand shahridagi tikuv fabrikasi, Samarqand tumanidagi “AGROMIR” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish sexi va boshqa binolarni ventilyatsiya va havoni mo‘tadillash tizimlarini amaliy loyihalarni bajargan. Xo‘jalik shartnomalari, xalqaro va mahalliy grantlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
S.Boboev chuqur bilimga ega, yuqori salohiyatli va fidoiy pedagog-olim, vatiniga va xalqiga sodiq, kamtarin va samimiy inson. U tashkilotchi rahbar va ilmiy olim sifatida respublikamizdagi oliy ta’lim maussasalari professor-o‘qituvchilari va aholi o‘rtasida hurmat-e’tibor qozongan.