Skip to main content

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Landshaft dizayni va interyer” yo‘nalishi talaba-yoshlarining  “Bog‘bon IN Vitro” laboratoriya ilmiy ishlab chiqarish markaziga tashrifi uyushtirildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Landshaft dizayni va interyer” yo‘nalishi talaba-yoshlarining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova hamda Arxitektura fakulteti tyutorlari boshchiligida “Bog‘bon IN Vitro” laboratoriya ilmiy ishlab chiqarish markaziga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif mobaynida “Bog‘bon” ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh agronomi H.Egamberdiyev va bosh mutaxassisi E.Bozorovlar tomonidan talaba-yoshlarga Samarqand viloyati Jomboy tumanida “Bog‘bon” agrokompleksi tarkibida 2020-yilda zamonaviy “In vitro” laboratoriyasi barpo etilgan va ishga tushirilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Laboratoriyaga Turkiya, Xitoy, Eron davlatlaridan zamonaviy texnologiyalar hamda laboratoriya asbob-uskunalari olib kelib o‘rnatilgan, Agrokompleks jami 24,04 gektar maydonda joylashgan, shundan 0,24 gektar yer maydonida laboratoriya, 1 gektar maydonda zamonaviy issiqxona joylashgan.

22 gektar yer maydonida esa O‘zbekiston Respublikasida uchramaydigan 32 xil navli mevali daraxtlar ko‘chatlari olib kelinib, parvarish qilinmoqda hamda hozirgi kunda labaratoriya Samarqand veterinariya meditsinasi universiteti, Toshkent davlat agrar univesiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi genomika va bioinformatika markazi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir talaba nazariy bilimlar bilan birga amaliy bilimlarni o‘rganishni zamonning o‘zi talab qilmoqda ayniqsa, fakultetimizning Dizayn (landshaft) yo‘nalishidagi talabalar uchun ushbu amaliy tashrif ayni muddao bo‘ldi.