Skip to main content

Bo‘lajak magistrlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Smarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘lajak magistrlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizomga asosan magistrantning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha Oliy ilm-fan maktabi dekani Perviz Ahmedzade, koordinatorlar Dilnoza Kamalova va Dilrabo Azimova hamda ish yurituvchi Shodiyona Qarshiyevalar tomonidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, Nizomning 2-ilovasiga muvofiq magistratura talabalarining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son, “O‘zbekiston Respublikasi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandning uchinchi xatboshiga asosan 2022/2023-o‘quv yilining yanvar oyida qabul qilingan magistrantlarning talab doirasidagi milliy yoki xalqaro xorijiy til sertifikatlarini dastlabki himoyaga qadar Oliy ilm-fan maktabiga taqdim etishlari so‘raldi.