Skip to main content

KOʻP TARMOQLI BOLALAR SHIFOXONASIDA ART-TERAPIYA MASHG‘ULOTLARI OLIB BORILDI

Samarqand viloyati Koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasida “Art-terapiya” san’at va ijodiy faoliyatga asoslangan rasm chizish mashgʻulotlari olib borildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar ittifoqi Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori Abror Hayitboyev va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori Umida Nabiyeva hamkorligida shifoxonada davolanayotgan bolajonlar uchun “Art-terapiya” yaʼni psixoterapiyaning tasviriy san’at va ijodiy faoliyatga asoslangan rasm chizish mashgʻulotlari oʻtkazildi. 

Bunda universitetning “Yosh volontyorlar” klubi faol a’zolari bilan birgalikda bolajonlar uchun turli oʻyinlar va rasm chizish va boʻyash mashg‘ulotlari olib borildi. Ko‘ngilli yoshlar bolajonlarning kunini mazmunli o‘tkazishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.