Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan birinchi O‘zbekiston – Italiya ta’lim forumi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Boloniya universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida arxitektura, iqtisodiyot, muhandislik kommunikatsiyalari, qurilish va mexanika muhandisligi yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Anglashuv memorandumi SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va Boloniya universiteti rektori professor Jovanni Molari imzoladilar.