BUILD PRO EXPO 2024 3-xalqaro qurilish ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha hududlaridan, shuningdek, qo‘shni va MDH davlatlaridan qurilish sohasidagi yetakchi kompaniyalar, mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda.
Universitetning ko‘rgazma uchun ajratilgan joyidagi ishlanmalar va ilmiy loyihalar Turkiya Respublikasining Samarqanddagi bosh konsuli Salih Caner, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Toir Alimatov, Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimovlar tomonidan katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirildi.