Skip to main content

SamDAQU talabalari Chimkentda o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirları to'g'risida” qarorining ijrolarini ta’minlash maqsadida, Chimkent shahridagi Markaziy Osiyo Innovatsiya universitetida 2024-yilning 2-16-dekabr kunlari akademik almashinuv dasturi bo‘yicha ishtirok etish uchun SamDAQU talabalari o‘quv mashgulotlarini boshladi.

Tadbir, arxitektura-qurilish sohasidagi zamonaviy bilimlarni kengaytirish, tajriba almashish va kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Universitet talabalari ushbu dasturda ishtirok etish orqali nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamlash, balki xalqaro miqyosda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.