O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filialining “Davlat fuqarolik xizmatiga kirish ishga kirish mexanizmlarining tahlili, ilg‘or xorijiy tajriba va O‘zbekistondagi amaliyot” mavzusidagi uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.H.Uzokov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Foziljon Axatov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish guruhi yetakchi inspektori Abdurashid Abdullayev, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i E.A.Haydarovlar qatnashishdi.
Uchrashuv tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali kadrlar masalalari bo‘yicha ma’sul Umarova Ra’no ham so‘zga chiqib, https://vacancy.argos.uz orqali elektron tarzda xujjatlarni topshirib, rezumi tuldirish orqali xam ishga qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida batafsi ma’lumot berdi.
Talabalar va tadbir ishtirokchilari o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Savollarga bosh inspektori F.Axatov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish guruhi yetakchi inspektori Abdurashid Abdullayevlar talaba-yoshlarning savollariga to‘liq javob berishdilar.
Tadbir juda qiziqarli ruhda olib borildi. Tadbir natijasida talabalar o‘zlariga ish izlashda yengilliklar va qulayliklarga ega bo‘lishdilar.