Skip to main content

Doktorantlar va izlanuvchilar faoliyati samaradorligi tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ning VI-bob 52-bandiga muvofiq Mirzo Ulug‘bek Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorantlar va izlanuvchilar faoliyati samaradorligini tahlili bo‘yicha yakuniy monitoring bo‘lib o‘tdi.

Monitoringda Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar koordinatorligi koodinatori Usmon Xushvaqtov, Oliy ilm fan- fan maktabi dekani Perviz Ahmedzade, Oliy ilm fan-fan maktabi koordinatori Dilnoza Kamalova, Oliy ilm fan-fan maktabi mutaxasisi Zarina Baxriddinova, monitoring komissiya a’zolari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajyor-tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Oliy ilm fan-fan maktabi dekani Perviz Ahmedzade universitetimizda 2024-yil 7-iyun kuni o‘tkazilgan “Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy ilm-fanning innovatsion yutuqlarini tadbiq etish muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida ma’ruzasi bilan qatnashgan doktorant va ilmiy izlanuvchilarni sertifikat bilan taqdirladi va ularning kelgusi ilmiy ishlariga rivoj tiladi.