O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, tizimda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda OTM izlanuvchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilangan.
Joriy yilning 19-21 sentabr kunlari Innovatsion rivojlanish agentligining buyrug‘iga asosan ishchi guruh Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.
11-guruh tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Elyor Alimkulov va Tamara Axmedovalar oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan universitet izlanuvchilari faoliyati samaradorligini monitoring qildilar.