Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning bilim va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Robototexnika to‘garagi
Darslar davomida talabalar dasturlash asoslari, elektron qurilmalar bilan ishlash, mexanizmlar tuzilishi va sun’iy intellekt tamoyillari bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni egallashmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning texnik tafakkurini kengaytirib, ularni real loyihalarda ishtirok etishga tayyorlamoqda.
"Bibixonim" asari taqdimoti
Mashhur yozuvchi Xurshid Davron qalamiga mansub “Bibixonim” asarining taqdimoti o‘tkazilib, unda asarning yaratilish tarixi, tarixiy voqealar va o‘sha davr madaniy hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Talabalar badiiy va tarixiy tahlillar orqali o‘z fikrlarini bildirishdi.
Ijodiy chiqish
Shuningdek, Arxitektura fakulteti 4-bosqich talabasi Hayitboyev Abrorbek ijrosida she’r mutolaasi universitetning rasmiy telegram sahifasida e’lon qilindi.