Skip to main content

ERASMUS+: DSINGIS LOYIHALAR MARKAZI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi “Inkubatsiya markazi”da Qurilish fakultetining “Geomatika muhandisligi” kafedrasining birinchi bosqichga qabul qilingan talabalariga “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida, kafedraning o‘qituvchilari Vohidjon Niyozov, Ulug‘bek Raximov va G‘iyos Azzamovlar tomonidan kafedra qoshidagi Erasmus+ dasturining “DSinGIS” loyihalar markazida talabalarga markazning ish faoliyati hamda moddiy texnika ba’zasidan foydalangan holda sohaga oid ilmiy ishlanmalarni yaratish, ishlarni olib borish jarayonlari haqida dastlabki tushunchalar berildi.