O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Oliy ilm-fan maktabi” tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida magistr talabalari mavjud bo‘lgan kafedra mudirlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida “Oliy ilm-fan maktabi”ning dekani Perviz Ahmedzade, koordinatorlar Dilnoza Kamalova, Dilrabo Azimova hamda kafedra mudirlari bilan birgalikda yangi o‘quv yildagi magistratura mutaxassisliklari uchun fanlar katalogi bo‘yicha malaka talabalari hamda o‘quv rejalar takliflarini ko‘rib chiqdilar.