Skip to main content

SamDAQU dotsenti Qozon federal universitetida malaka oshirmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Oʻzbek tili adabiyoti” kafedrasi dotsenti Istoda Rasulova ayni kunlarda Qozon federal universitetida malaka oshirmoqda.

SamDAQU dotsenti tomonidan 1-3 bosqich tatar tili yoʻnalishi talabalariga “Интерференция как результат взаимодействия двух языков” mavzularida ma’ruzalar oʻqildi.

Shuningdek, universitetning axborot resurs markazi bilan tanishdi hamda o‘zining tadqiqot mavzusiga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qildi. Qozon federal universitetida mamlakatlar hamdo‘stligining ramzi sifatida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek nomidagi o‘quv xonasi”da bo‘lib, SamDAQUning esdalik sovg‘asini topshirdi.