Skip to main content

FIKRAT GUNEYDAN MAHORAT DARSI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “San’at” kafedrasi tashabbusi bilan Turkiyaning a’nanaviy mashhur Ebru san’ati ustasi Fikrat Guney tomonidan Ebru san’ati bo‘yicha talaba yoshlarga mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida Firkat Guney Ebru san’ati to‘g‘risida batafsil tushunchalar, ushbu san’atning tarixi hamda san’atni mukammal o‘rganish uchun nimalarga ko‘proq etibor qaratish kerak degan savollarga javob berib o‘tdi. Ko‘plab san’at asarlarini jonli ravishda mahorat darsi davomida ko‘rsatdi hamda talaba yoshlar bilan birgalikda ko‘plab suratlar chizdi.