Skip to main content

“SAID BILAN SAIDA” FILMI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Mutolaa zavqi” loyihasining 7-soni – kino kunlari taqdimoti doirasida “Said bilan Saida” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotni Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” bo‘limi boshlig‘i Zikrilla Yasakov film qahramonlari - Said Ahmad Husanxo‘jayev va Saida Zunnunovalar hayoti va ijodi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Taqdimot so‘ngida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulchehra Xoliqova hamda Talabalar dekanati tyutori Marg‘uba Muratovalar ham adib hayoti va ijodi haqida xulosa o‘rnida ibratli fikrlarni aytib o‘tdi.

Loyihaning keyingi sonida “Jahon adabiyoti” ruknida Li Myon Bakning “Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi” nomli asari muhokama mavzusi sifatida tanlandi.