Skip to main content

Fransiyaning yetakchi elektroenergetik kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

Bugun Fransiya davlatida O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi va Fransiyaning tadbirkorlar uyushmasi MEDEF International vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ham ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida SamDAQU va Fransiyaning EDF International Networks kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

EDF International Networks – Jahonning yetakchi elektroenergetik kompaniyalaridan biri EDF Group qoshidagi kompaniya bo‘lib, dunyo bo‘ylab elektroenergiya taqsimoti sohasidagi tajribalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.