Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2024-yilning 15-martdan 15-aprelgacha Respublika hududida o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan “Fuqaro muhofazasi” va evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy tusdagi sel va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar hamda ishchi xodimlar va talabalarni “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusida nazariy bilimlari oshirilish bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchilari Anvar Turdiqulov va Sanjar Adilov, universitet professor-o‘qituvchilari, “Hayot faoliyati xavfsizligi” hamda “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.